Izlash
8 yil
O'zbekiston bozorida!

Kompaniya tarixi

Biz 2017-yildan beri yuqori sifatli xizmat ko'rsatamiz

Biz Polymergas kompaniyasi 2017-yilning oktabr oyida biznes va savdo bo'yicha mutaxassis Sattorov Odiljon Ravshanovich tomonidan tashkil etilib, o'z yo'nalishida O'zbekiston Respublikasi polimer bozorida yetakchilardan biriga aylandik. Kompaniyamizda sotiladigan keng turdagi polimer xom ashyolari ishlab chiqaruvchilarini biznesini rivojlantirishiga keng imkoniyatlarni beradi. Bu davrda jamoamiz tomonidan tashkil etilgan. Mamlakatimiz bo'ylab 1800 dan ortiq polimer ishlab chiqaruvchilar biz bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydilar. 2018-yilda bir nechta biznes egalari biz bilan hamkorlikda yetakchi polimer ishlab chiqarish korxonasiga aylandi. Mubolag'asiz aytish mumkinki, Polymergas polimer ishlab chiqaruvchilar uchun eng qulay va ishonchli polimer xom ashyolar sotuvchi kompaniyadir.

Kompaniya haqida

Biz o'zimizni O'zbekistonning eng yaxshi xalqaro va ichki biznes amaliyotiga javob beradigan va ishlab chiqaruvchilar talablariga to'liq javob beradigan yuqori samarali kompaniya sifatida ko'ramiz. Kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi vertikal integratsiyalashgan xom-ashyo xoldingi bo'lib, unda integratsiyalashgan xizmat jarayonining asosini tashkil etuvchi biznes bo'linmalari mavjud. Biz o'zimizni quyidagi samarali xizmatlar provayderi sifatida ko'rsatamiz:

  • Polietilen, Polipropilen, Pet, Abs, Polistrol va ikkilamchi xom-ashyolar ta'minoti

  • Broker va treyder xizmati

    Texnolog va Mexanik injener xizmati

  • Logistika xizmatlarining to'liq spektrini ichiga olgan

Maqsad va missiya

  • Maqsadimiz

    Kompaniyamizning oliy maqsadi - polimerdan mahsulot ishlab chiqaruvchilarga xomashyo ta'minlagan holda odamlarning turmush tarzini yaxshilash va ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish sifatini yaxshilash va hajmini yangi bosqichga ko'tarishdan iborat. O'zbekistondagi barcha polimer ishlab chiqaruvchilarga qulay servis taklif etgan holda sifatli va arzon polimer xom-ashyolarini yetkazib berish orqali ularning daromadi va ishlab chiqarish hajmini oshirish.

  • Missiya

    Ichki bozor infratuzilmasi lideri sifatida biz barqaror iqtisodiy o'sish, sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun tegishli granula xom-ashyosi va servis ta'minoti bilan shug'ullanamiz, yuklarni tashish va xizmatlar uchun yuqori sifatli va raqobatbardosh transport-logistika xizmatlarini ko'rsatish orqali ishlab chiqaruvchilar, iste'molchilar va butun jamiyat uchun qiymat va qulayliklar yaratamiz. Bizning qarashlarimiz va strategiyamiz kelajakka qaratilgan bo'lib, biz faoliyatimizni izchil va doimiy takomillashtirish va rivojlantirish orqali intilamiz.

  • Bizning qadriyatlarimiz

    Bizning qarashimiz, missiyamiz va asosiy qadriyatlarimiz biz qilayotgan har bir ishni asoslaydi va kompaniyadagi boshqaruv, operatsiyalar va munosabatlar tamoyillarini belgilaydi. Polymergasning barcha xodimlari (oddiy xodimlaridan tortib to rahbariyatgacha) halollik, odob-axloq, insonlarga xurmat, o'zaro yordam va ishonch kabi qadriyatlarga ega. Bizning korporativ madaniyatimiz o'zgarmas halollik va xavfsizlik, samaradorlik, sifat, mas'uliyat, xavfni kamaytirgan holda barqaror rivojlanish va o'zaro farovonlik, jamoada ishlash, rivojlanishga ochiqlik, biznesni mustahkamlash, yangi bozor imkoniyatlarini topish, professionallik va ishimizdan g'ururlanishdir.

Polymergas hodimlari
photo