Polymergas bilan jarayonlarni tezlashtiring!

Sizga kerakli barcha xom ashyolar bizda bor

Katalog
Izlash
8 yil
O'zbekiston bozorida!

Kompaniya haqida

Biz 2017-yildan beri yuqori sifatli xizmat ko'rsatamiz

Biz Polymergas kompaniyasi 2017-yilning oktabr oyida biznes va savdo bo'yicha mutaxassis Sattorov Odiljon Ravshanovich tomonidan tashkil etilib, o'z yo'nalishida O'zbekiston Respublikasi polimer bozorida yetakchilardan biriga aylandik. Kompaniyamizda sotiladigan keng turdagi polimer xom ashyolari ishlab chiqaruvchilarini biznesini rivojlantirishiga keng imkoniyatlarni beradi. Bu davrda jamoamiz tomonidan tashkil etilgan. Mamlakatimiz bo'ylab 1800 dan ortiq polimer ishlab chiqaruvchilar biz bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydilar. 2018-yilda bir nechta biznes egalari biz bilan hamkorlikda yetakchi polimer ishlab chiqarish korxonasiga aylandi. Mubolag'asiz aytish mumkinki, Polymergas polimer ishlab chiqaruvchilar uchun eng qulay va ishonchli polimer xom ashyolar sotuvchi kompaniyadir.

Oliy maqsadimiz

Kompaniyamizning oliy maqsadi – polimer ishlab chiqaruvchilar yordamida odamlarning turmush tarzini yaxshilash va ularning ishlab chiqarish sifatini yaxshilash va hajmini yangi bosqichga ko'tarishdan iborat. O'zbekistondagi barcha polimer ishlab chiqaruvchilariga qulay servis taklif etgan holda sifatli va arzon polimer xom ashyolarini yetkazib berish orqali ularni daromadi va ishlab chiqarish hajmini oshirish.

  • Tadbirkorlarning jamiyat uchun sifatli va arzon polimer mahsulotlarini ishlab chiqarishi uchun o'z hissamizni qo'shish


  • Davlatda ish o'rinlari yaratish va aholini ish bilan ta'minlash.

  • Kelajakda Yevropa va Osiyo polimer ishlab chiqaruvchilariga xom ashyo exportini yo'lga qo'yish

Xom ashyolar

Barchasi

Bizning hamkorlarimiz